“Oq bo‘ri” Toshkent metrosida yo‘lovchilarni kutib oldi

Toshkent metropoliteni bekatlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tarixiy yo‘llanma olgani munosabati bilan aksiya tashkil etildi. Tadbir davomida yo‘lovchilarni jamoa ramzi — “Oq bo‘ri” kutib oldi.
Poytaxt aholisi va mehmonlari aksiya jarayonida faol qatnashdi: ular ramz bilan suratga tushdi, futbolchilarga tilak va qo‘llab-quvvatlov so‘zlarini bildirdi. “Oq bo‘ri” yo‘lovchilar bilan muloqot qilib, metroda iliq va bayramona muhit yaratdi.
Aksiya qisqa vaqt ichida keng e’tibor qozondi va yo‘lovchilar uchun unutilmas voqeaga aylandi.
Tashkilotchilar ta’kidlashicha, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sportni ommalashtirish va terma jamoani jahon chempionati oldidan qo‘llab-quvvatlash.
Metropoliten jamoasi milliy terma jamoaga ishonchli o‘yin, yorqin g‘alabalar va musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok tiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
