Birinchi sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

2026/27 o‘quv yilida O‘zbekistonda 795 mingdan ortiq bola birinchi sinfga qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ma’lum qildi.
Qabul jarayoni 20-iyundan boshlanadi. 2026-yilda 7 yoshga to‘ladigan, ya’ni 2019-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.
Qabul ikki bosqichda tashkil etiladi. 20-iyundan 31 ю-iyulgacha arizalar faqat belgilangan mikrohudud doirasida qabul qilinadi. 1-avgustdan boshlab esa boshqa hududdagi maktablarga hujjat topshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu holatda qabul maktabdagi bo‘sh o‘rinlarga bog‘liq bo‘ladi.
Joriy yilda onlayn qabul imkoniyatlari sezilarli kengaytirildi. Agar o‘tgan yili tizim 74 ta shahar va tumandagi 1500 ta maktabni qamrab olgan bo‘lsa, bu yil u 135 ta hududdagi 5500 dan ortiq maktabda ishlaydi. Toshkent shahri va Buxoro viloyatida barcha maktablar to‘liq onlayn tizimga o‘tkazilgan.
Ota-onalar o‘z manzili qaysi mikrohududga biriktirilganini my.maktab.uz portali orqali bilib olishi mumkin.
10-avgustga qadar barcha hududlarga birinchi sinf o‘quvchilari uchun Prezident sovg‘alari yetkaziladi. Ushbu to‘plam 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat bo‘ladi.
Qoidalarga ko‘ra, ariza faqat bitta maktabga topshiriladi. Mikrohududdan tashqaridagi qabul esa asosiy bosqich yakunlangandan keyin boshlanadi.
Vazirlik, shuningdek, o‘qituvchilar ta’til davrida qabul jarayoniga jalb etilmasligini, bu vazifa maktab ma’muriyatiga yuklatilganini ma’lum qildi.
Yakunlangan o‘quv yili natijalariga ko‘ra, mamlakatda 621 mingdan ortiq 9-sinf va 472 mingdan ziyod 11-sinf bitiruvchilari maktabni tamomladi. 11 mingdan ortiq bitiruvchi oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
