Yangiliklar/Ekologiya

O‘zbekistonda yana sel xavfi e’lon qilindi

Ekologiya 5 iyun, 16:24
O‘zbekistonda yana sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 6–8 iyun kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sabab sel kelishi xavfi e’lon qilindi. Xavf asosan bir nechta viloyatlarning tog‘li va tog‘oldi hududlariga taalluqli.

Qashqadaryo viloyatida Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida sel ehtimoli bor.

Surxondaryo viloyatida esa Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobot tumanlari xavf hududlariga kiritilgan.

Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida ham sel xavfi yuqori.

Navoiy viloyatida Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari ogohlantirilgan.

Jizzax viloyatida Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida ehtiyot choralarini kuchaytirish tavsiya etiladi.

Toshkent viloyatida Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlarida sel xavfi mavjud.

Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatida So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari ham xavf ostida.

Andijon viloyatida Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida sel va suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.

Kuchli yomg‘irlar vaqtida ayrim joylarda suv to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

4360

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→