Yangiliklar/Siyosat

Belgiya Toshkentda o‘z elchixonasini ochadi

Siyosat 5 iyun, 12:48
Belgiya Toshkentda o‘z elchixonasini ochadi

Belgiya Toshkentda elchixonasi ochishni rejalashtirmoqda. Bu qadam ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va Yevropaning Markaziy Osiyodagi ishtirokini mustahkamlashning davomi sifatida koʻrilmoqda.

Bu haqida Yevropa nashrlari Eureporter va Eureflect materiallarida xabar berildi. Aloqalarning rivojlanishi Toshkentning Yevropa davlatlari bilan sheriklik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan tashqi siyosati fonida yuz bermoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yilda Bryusselga tashrifi va Belgiya Qiroli Filipp bilan uchrashuvi muhim bosqichlardan biri boʻldi. Keyin tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Savdo aloqalari ham o‘sishda davom etmoqda. 2020-yilda 70 mln dollar bo‘lgan o‘zaro savdo hajmi 2024-yilga kelib 212,7 mln dollarga yetdi. Hozirda Belgiya kompaniyalari O‘zbekistonda sanoat, to‘qimachilik, logistika, farmatsevtika va IT sohalaridagi loyihalarda ishtirok etmoqda. Yashil energetika yo‘nalishida ham hamkorlik kengayib bormoqda.

3280

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→