Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent markazida festival sabab yo‘llar yopiladi

Jamiyat 4 iyun, 10:23
Toshkent markazida festival sabab yo‘llar yopiladi

Toshkentda festival o‘tkazilishi sabab bir necha ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda shahar hokimiyati ma’lum qildi.

4-iyun soat 06:00 dan 8-iyun soat 07:00 gacha ikki hududda harakat to‘liq yopiladi: Taras Shevchenko ko‘chasida — Fidokor va Nukus ko‘chalari oralig‘ida, shuningdek Sayyid Baraka ko‘chasida — Oybek ko‘chasidan Amir Temur prospektigacha.

Cheklovlar shahar markaziga ta’sir qiladi. Haydovchilarga oldindan muqobil yo‘llarni tanlash tavsiya etiladi.

3760

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→