Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekistonda MAGATE rahbari bilan atom energetikasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Siyosat 4 iyun, 23:00
Oʻzbekistonda MAGATE rahbari bilan atom energetikasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekistonda Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tomonlar milliy atom energetikasi infratuzilmasini yaratish, yadro tibbiyotini rivojlantirish va soha uchun mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi.

Qayd etilishicha, MAGATE bilan oʻzaro hamkorlik yadro sektorini rivojlantirish va uning xavfsizligini ta’minlashning asosiy elementi hisoblanadi.

4860

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→