Mobiuz operatorini xususiylashtirish gʻolibi aniqlandi

Oʻzbekistonda Mobiuz mobil operatorini xususiylashtirishning muhim bosqichi yakunlandi. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Sotuvga Universal Mobile Systems kompaniyasidagi 100 foiz davlat ulushi qo‘yilgan edi. Xalqaro tanlovda AQSh, Yaponiya, Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Yevropa va Janubiy Kavkazdan 15 nafardan ortiq investor ishtirok etdi. Ularning 10 tasi majburiy narx takliflarini taqdim etdi.
Tanlov yakunida g‘olib sifatida McKim and Company boshchiligidagi moliyaviy investorlar konsorsiumi, texnologik hamkor JVR Enterprises (AQSh) bilan birga tanlandi. Taklifga ko‘ra, kompaniya 351 mln dollar baholangan, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun 500 mln dollargacha sarmoya kiritish rejalashtirilgan.
Bitimni yakunlash uchun tartibga soluvchi organlar ruxsatini olish va zarur korporativ hamda huquqiy jarayonlarni bajarish talab etiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
