Škoda 2027-yildan Oʻzbekistonga elektropoyezdlar yetkazib beradi

Chexiyaning Škoda kompaniyasi 2027-yildan boshlab O‘zbekistonga elektropoyezdlar yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov Qonunchilik palatasidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, poyezdlar kelib tushgach, bosqichma-bosqich shaharlararo yo‘nalishlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Rejalashtirilgan yo‘nalishlar qatoriga Termiz — Sariosiyo, Urganch — Nukus, Toshkent — Guliston — Bekobod, Toshkent — Boyto‘rg‘on, Farg‘ona halqa yo‘nalishi, Samarqand — Qarshi — Shahrisabz, shuningdek Toshkent — Angren va Toshkent — Xojikent — Chinorkent kiradi.
Yangi qatnovlar hududiy markazlarni aglomeratsiyalar va turistik maskanlar bilan bog‘laydi. Shu bilan birga, yana 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Avvalroq Škoda Group bilan tuzilgan shartnomada ishlab chiqarishni 20 foizgacha mahalliylashtirish ko‘zda tutilgani ma’lum qilingan. Dastlab kompaniya soatiga 120 km tezlikdagi poyezdlarni taklif qilgan, biroq O‘zbekiston talabi bilan tezlik 160 km gacha oshirilgan.
10 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma aprel oyida imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati 120 mln yevroni tashkil etadi. Shuningdek, unda qo‘shma korxona tashkil etish va Škoda akademiyasini ochish ham nazarda tutilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
