Yangiliklar/Siyosat

Saida Mirziyoyeva YXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Siyosat 3 iyun, 11:31
Saida Mirziyoyeva YXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva YeXHT Bosh kotibi Feridun Sinirlioglu bilan uchrashdi.

Tomonlar hamkorlikning bir qator muhim yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi. Jumladan, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash hamda sud-huquq islohotlarini davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, YXHT O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlardagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani bildirildi. Barqaror rivojlanish va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.

3770

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→