FIFA JCh‑2026 chiptalari bo‘yicha tekshirilmoqda

Nyu‑York va Nyu‑Jersi shtatlari prokuraturalari 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati chiptalarini sotish jarayonini tekshirishni boshladi. Bunga muxlislarning narxlarning oshishi va xarid shartlari bo‘yicha shikoyatlari sabab bo‘ldi.
Bosh prokurorlar Letisiya Jeyms va Jennifer Devenport ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim chiptalar ochiq savdoga chiqarilmagan bo‘lishi mumkin. Bu esa qolgan chiptalar narxining oshishiga ta’sir qilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. FIFAga rasmiy so‘rov yuborilib, chiptalar sotuvi haqida ma’lumot taqdim etish talab qilindi. Jumladan, Nyu‑Jersidagi MetLife stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar, shu kábi final uchrashuviga oid savdolarga e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, o‘rinlar taqsimoti bo‘yicha ham shikoyatlar tekshirilmoqda. Dastlab chipta to‘rt toifaga bo‘lingan bo‘lsa, keyinchalik yanada qimmat “oldingi” zonalar joriy qilingan. Natijada, avval chipta xarid qilgan ayrim muxlislar kutganidan yomonroq joylarga ega bo‘lgan.
Chiptalar narxining shakllanishi ham tekshiruv doirasida. Sotuv bosqichma-bosqich olib borilgan va narxlar talabga qarab o‘zgargan. Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, o‘yinlarning aksariyatida chipta narxlari o‘rtacha uchdan biriga oshgan. Eng qimmat chiptalar narxi qariyb 6700 dollardan 11 ming dollargacha ko‘tarilgani aytilmoqda. Umuman olganda, o‘yinlarga o‘rtacha chipta narxi 1000 dollardan yuqori bo‘lgan.
Tekshiruvga Nyu‑York iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organi ham qo‘shilgan. Rasmiylar xaridorlar huquqlari buzilgan-buzilmaganini aniqlamoqchi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
