Yangiliklar/Iqtisod

Andijon viloyatida Soliq Mobile orqali 35 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Iqtisod 2 iyun, 15:42
Andijon viloyatida Soliq Mobile orqali 35 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Andijon viloyatida Soliq Mobile ilovasi orqali byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.

Tergovga ko‘ra, bir guruh shaxslar oldindan til biriktirib, korxonalarni boshqa fuqarolar nomiga rasmiylashtirgan. Xususan, bir fuqaro nomiga uchta, boshqasiga beshta, yana birining nomiga bitta kompaniya ochilgan.

Mart–aprel oylarida ushbu korxonalar orqali jami 1,1 trillion so‘mlik soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirilgan. Shundan so‘ng onlayn-kassalar orqali go‘yoki tushum mavjuddek ko‘rsatilib, jismoniy shaxslarga sotuv cheklari rasmiylashtirilgan.

Natijada Soliq Mobile orqali 100 mingdan ortiq fuqaroga keshbek to‘lab berilgan. Oqibatda byudjetga 35,1 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, viloyat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslari bu shubhali operatsiyalarga o‘z vaqtida chora ko‘rmagan. Yirik hajmdagi soxta aylanmalarga qaramay, mazkur korxonalar QQS to‘lovchisi maqomini saqlab qolgan, holat haqida tegishli organlarga ham xabar berilmagan.

Mazkur holat yuzasidan o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hujjatlarni qalbakilashtirish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Materiallar prokuraturaga yuborilgan.

4310

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→