Oʻzbekiston yozuvchilariga davlat buyurtmalari va qoʻshimcha kafolatlar beriladi

Oʻzbekiston madaniyat va adabiyot sohasida mualliflik huquqini himoya qilishga yondashuvni qayta koʻrib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev madaniyat arboblari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Prezidentimiz kitob, musiqa va boshqa ijodiy ishlar mualliflarga daromad keltirishi kerakligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan mutasaddi boʻlimlarga mualliflik huquqini amalda himoya qilishni ta’minlaydigan mexanizmni ishlab chiqish topshirildi.
Yozuvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan. Jumladan, shoir va yozuvchilarga har yili kamida 50 ta eng yaxshi asar uchun davlat ijodiy buyurtmasi beriladi.
Oʻzbek adabiyotini xorijda targʻib qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Har yili 10 ta asarni xorijiy tillarga tarjima qilish va mualliflar ishtirokida xalqaro maydonlarda taqdim etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasiga koʻra nashr etiladigan kitoblar uchun qogʻoz xarajatlari ham davlat tomonidan qoplanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
