Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda avtobuslar harakati vaqtincha o‘zgartirildi

Jamiyat 29 may, 10:26
Toshkentda avtobuslar harakati vaqtincha o‘zgartirildi

29-maydan boshlab Muhammad Yusuf ko‘chasida ta’mirlash ishlari boshlandi. Shu sabab bir nechta avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirildi.

Gap 70, 62, 80 va 88-sonli yo‘nalishlar haqida bormoqda. Endi ular mazkur ko‘chadagi oxirgi bekatgacha bormaydi. Avtobuslar Parkent ko‘chasidagi «M. Yusuf ko‘chasi» bekatigacha qatnaydi.

Haydovchilar va yo‘lovchilarga ogohlantirish berildi: ta’mirlash ishlari sabab tirbandlik yuzaga kelishi mumkin. Zaruratga qarab qo‘shimcha o‘zgarishlar ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Aholiga qatnovlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

2850

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→