Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga amaliy tashrif bilan keldi

Siyosat 29 may, 13:23
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga amaliy tashrif bilan keldi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.

Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. O‘zbekiston ushbu tuzilma faoliyatida kuzatuvchi davlat maqomida qatnashadi.

4930

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→