Yangiliklar/Jamiyat

Oʻzbekistonda kuchsiz zilzila qayd etildi

Jamiyat 29 may, 13:30
Oʻzbekistonda kuchsiz zilzila qayd etildi

29-may kuni soat 13:15 da Qirg‘iziston hududida 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa taxminan 387 kilometrni tashkil etib, shimoli-sharq yo‘nalishida joylashgan.

Yer silkinishlari O‘zbekiston hududida ham sezilgan, biroq ularning kuchi 2 balldan oshmagan. Xususan:

  • Xonobod tumani — 2 ball (114 km)
  • Qo‘rg‘ontepa tumani — 2 ball (124 km)
  • Jalaquduq tumani — 2 ball (140 km)
  • Paxtaobod tumani — 2 ball (137 km)

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar va vayronagarchilik qayd etilmagan.

5500

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→