Islandiya yashash uchun eng qimmat davlatga aylandi

Islandiya yashash narxi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqib, Shveysariyani ortda qoldirdi. Bu haqda TT agentligi universitet bitiruvchilari kasaba uyushmasi — Viska ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Hisob-kitoblar Yevrostat statistikasi va Islandiya Markaziy banki ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, mamlakatda narxlar hozir Shveysariyaga nisbatan taxminan 3% ga yuqori.
Viska iqtisodchisi Vilxyalmur Xilmarsanning aytishicha, narxlarning oshishiga mamlakat iqtisodiyotining tuzilmasi ta’sir qilmoqda. Uning katta qismi turizm bilan bog‘liq bo‘lgani sababli xizmatlar qimmatlashmoqda va ish haqi oshmoqda.
Qo‘shimcha omil sifatida uy-joy narxlarining yuqoriligi qayd etilgan. Bu, ayniqsa, turizm sektori bilan bog‘liq ko‘chmas mulkka ham taalluqli.
Xilmarsanning fikricha, Islandiya iqtisodiyotining mehnat talab qiladigan tarmoqlarga bog‘liqligi saqlanib qoladi va bu kelgusida ham narxlarga ta’sir qiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
