Yangiliklar/Iqtisod

Kafe va restoranlarda qisqa muddatli xodimlarni roʻyxatga olish tizimi joriy etiladi

Iqtisod 28 may, 19:38
Kafe va restoranlarda qisqa muddatli xodimlarni roʻyxatga olish tizimi joriy etiladi

2026-yil 1-iyundan kafe, restoran va turizm sohasida xodimlarni ishga rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Yangi tizim qisqa muddatga ishchi jalb qilish zarur bo‘lgan holatlar uchun joriy etilmoqda.

Endilikda tadbirkorlar xodimlarni 1 kundan 7 kungacha bo‘lgan muddatga rasmiy ishga qabul qilishi mumkin. Rasmiylashtirish jarayoni xodim ish boshlagan kunning o‘zida onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ish haqi to‘lash jarayonlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mobil ilovasi orqali bajariladi.

660

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→