Yangiliklar/Jamiyat

150 km/soat tezlikdagi avtomobil yoʻli: Toshkent – ​​Samarqand yangi yoʻlini qurishga tayyorgarlik boshlandi

Jamiyat 27 may, 21:37
150 km/soat tezlikdagi avtomobil yoʻli: Toshkent – ​​Samarqand yangi yoʻlini qurishga tayyorgarlik boshlandi

Prezidentga strategik transport loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi tafsilotlar taqdim qilindi. Ular orasida “Toshkent — Samarqand” alternativ avtomobil yo‘li qurilishi, Navoiy xalqaro aeroportini rivojlantirish hamda aviatsiya yoqilg‘isini ishlab chiqarish va saqlash tizimini kengaytirish masalalari bor.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avtomagistralning uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Yo‘l Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarini bog‘laydi. Trassa I-a toifadagi yo‘l bo‘ladi: u sement-beton qoplamaga ega bo‘lib, har ikki yo‘nalishda uchtadan — jami oltita harakat polosasi bilan jihozlanadi. Loyihaviy harakat tezligi 150 km/soatgacha yetadi.

Loyiha doirasida keng ko‘lamli infratuzilma barpo etilishi rejalashtirilgan. Xususan, 12 ta transport chorrahasi, 60 ta tunnel o‘tish yo‘li, 91 ta ko‘prik va 16 ta yo‘l o‘tkazgich quriladi. Shuningdek, 258 ta drenaj inshooti barpo etilib, zamonaviy intellektual transport tizimi joriy qilinadi.

Yo‘l bo‘ylab 12 ta servis terminali va yo‘lbo‘yi infratuzilma obyektlari tashkil etiladi, shuningdek transport vositalari uchun vazn nazorati tizimi joriy etiladi.

Davlat rahbari investorlar bilan muzokaralarni jadallashtirish va qurilish ishlarini imkon qadar tezroq boshlash bo‘yicha topshiriq berdi.

7970

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→