Yangiliklar/Jamiyat

Zarafshonda ko‘p qavatli uyda noqonuniy basseyn qurildi

Jamiyat 23 may, 21:44
Zarafshonda ko‘p qavatli uyda noqonuniy basseyn qurildi

Zarafshon shahrida (Navoiy viloyati) ko‘p qavatli uyda noqonuniy ravishda basseyn qurish holati aniqlandi.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, 12-massivdagi uylarning birida birinchi qavatda yashovchi fuqaro hech qanday ruxsatsiz xonadon ichida basseyn qurgan. Bundan tashqari, u podvalning bir qismini noqonuniy ravishda egallab, kvartiradan alohida yo‘lak ochgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday o‘zboshimchalik bilan olib borilgan qurilish ishlari binoning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, texnik holatini yomonlashtirishi va aholi xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkin.

Qoidabuzarga nisbatan choralar ko‘rildi: unga 50 BHM (20,6 mln so‘m) miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, xonadonni dastlabki holatiga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berildi.

4210

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→