O‘zbekiston gimnastika terma jamoasining 7 nafari Toshkentdagi Jahon kubogi finaliga yo‘l oldi

Sport 22 may, 20:36
O‘zbekiston gimnastika terma jamoasining 7 nafari Toshkentdagi Jahon kubogi finaliga yo‘l oldi

Toshkentda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Challenge Cup Jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining yetti nafar a’zosi finalga chiqdi.

Musobaqada 19 ta davlatdan sportchilar ishtirok etmoqda. Turnirning birinchi kuni ochilish marosimi hamda saralash bahslari bo‘lib o‘tdi. Aynan shu bosqich yakunlariga ko‘ra alohida dasturlarda finalchilar aniqlandi.

Finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik gimnastlar:

Ayollar:

  • Tayanib sakrash — Oksana Chusovitina, Shohribonu Yusupova;
  • Notekis bruslar — Dildora Aripova.

Erkaklar:

  • Erkin mashqlar — Humoyun Islomov;
  • Ot ustida mashqlar — Mansur Rahmatov;
  • Halqalar — Ahrorxon Temirxonov, Ozotilla Abdurasulov.

Endilikda final bahslari turnir g‘oliblari va sovrindorlarini aniqlab beradi.

5220

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→