Yangiliklar/Texnologiya

Google qidiruvni sun’iy intellekt yordamchisiga aylantirmoqda

Texnologiya 21 may, 22:54
Google qidiruvni sun’iy intellekt yordamchisiga aylantirmoqda

Google so‘nggi yillarda qidiruv tizimidagi eng yirik yangilanishlardan birini taqdim etdi. Yangi yondashuv qidiruvning o‘zini o‘zgartiradi: endi tizim foydalanuvchiga havolalar ro‘yxatini emas, balki bevosita tayyor javoblarni ko‘proq taklif qiladi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri — “suhbat tarzidagi” qidiruvga o‘tish. Endi foydalanuvchilar savollarni oddiy, uzun gaplar shaklida berishi mumkin, sun’iy intellekt esa ularni tushunibgina qolmay, jarayon davomida aniqlashtirib boradi.

An’anaviy sahifalardagi saytlar ro‘yxati asta-sekin AI javoblari bilan almashmoqda. Qidiruv natijalarida tayyor tushuntirishlar, vizual bloklar va interaktiv elementlar paydo bo‘ladi. Masalan, murakkab mavzularni sxema yoki model orqali o‘rganish va uni qo‘shimcha savollar bilan o‘zgartirib borish mumkin bo‘ladi.

Alohida e’tibor AI-agentlarga qaratilgan. Ular mustaqil ravishda kerakli ma’lumotlarni kuzatib boradi, o‘zgarishlarni tahlil qiladi va foydalanuvchiga tayyor hisobotlar taqdim etadi. Natijada qidiruv oddiy vositadan foydalanuvchi o‘rniga ishlovchi xizmatga aylanmoqda.

Yana bir yangilik — kod yozmasdan mini-ilovalar yaratish imkoniyati. Foydalanuvchilar matnli buyruqlar orqali o‘zlariga kerakli vositalarni — rejalashtirish, o‘qish yoki sport uchun — mustaqil yig‘ishi mumkin bo‘ladi.

Barcha funksiyalar Gemini modeliga asoslangan bo‘lib, yaqin oylar ichida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

6670

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→