Fargʻonada erini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi

Farg‘ona shahrida o‘z turmush o‘rtog‘ini urgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Kun.uz sud hujjatlari bilan tanishib xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan M.A. 2026-yil 20=fevral kuni turmush o‘rtog‘i M.S. bilan oilaviy kelishmovchilik sabab janjallashgan. Mojaro vaqtida ayol erini qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Uning harakatlari oilaviy zo‘ravonlik sifatida baholangan.
Sudda aniqlanishicha, nizoning ildizi bir necha kun avval boshlangan. 18 -evral kuni er-xotin farzandlarini sayr qildirish uchun ko‘chaga chiqqan, biroq qayerga borish masalasida kelisha olmagan. Ayol san’at saroyiga borishni taklif qilgan, erkak esa savdo majmuasiga borishni aytgan. Natijada janjal kelib chiqqan, erkak uyiga qaytgan, ayol esa ota uyiga ketgan.
Ikki kun o‘tgach, M.A. yana turmush o‘rtog‘ining uyiga qaytgan, biroq ular o‘rtasidagi kelishmovchilik yana kuchayib, jismoniy to‘qnashuvga aylangan.
Sud jarayonida ayol aybini tan olgan, biroq o‘zini himoya qilganini bildirgan. Uning aytishicha, erining zarba berishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni itarib yuborgan, ammo keyinchalik bu harakatlari noqonuniy ekanini tushunib yetgan.
Jabrlanuvchi erkak esa ayolini kechirmasligini aytib, suddan qonuniy choralar ko‘rishni so‘ragan.
Farg‘ona shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hukmiga ko‘ra, M.A. Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatda aybli deb topilgan. Unga 20 BHM miqdorida — 8 million 240 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Shuningdek, jabrlanuvchiga davolanish bilan bog‘liq moddiy va ma’naviy zararlarni undirish uchun fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
