Yangiliklar/Jamiyat

22-may kuni Toshkentning bir qator koʻchalarida transport harakati cheklanadi

Jamiyat 21 may, 14:02
22-may kuni Toshkentning bir qator koʻchalarida transport harakati cheklanadi

Toshkentda 22-may kuni bir nechta koʻchalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Cheklovlar milliy terma jamoani jahon chempionatiga kuzatish tadbirini o‘tkazish hamda xavfsizlik choralarini ta’minlash bilan bog‘liq.

Qaysi ko‘chalar yopiladi

Transport harakati quyidagi yo‘nalishlarda cheklanadi:

  • Chilonzor – Cho‘ponota chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Kattartol – Cho‘ponota chorrahasigacha
  • TKAD – Chilonzor chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor – Cho‘ponota chorrahasigacha
  • TKAD – Bunyodkor chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasining ikkilamchi yo‘li orqali Bunyodkor – Cho‘ponota chorrahasigacha
  • Nurafshon – Sebzor chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov – Bunyodkor chorrahasigacha
  • Islom Karimov – Bunyodkor chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor – Ikkinchi Kattartol chorrahasigacha

Mas’ullar haydovchilardan tirbandliklarning oldini olish uchun yo‘l harakatini oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni so‘radi.

1,0350

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→