Namanganda oʻsmir transformator toki urishi oqibatida vafot etdi

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida 13 yoshli bola elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. Hodisa 5-may kuni sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2013-yilda tug‘ilgan bola yuqori kuchlanishli transformator ustiga chiqqan. Taxminlarga ko‘ra, u daraxtdan gilos uzmoqchi bo‘lgan. Shu paytda elektr toki ta’siriga uchragan. Bola shifoxonaga olib borilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Marhumning yaqinlari transformator atrofida himoya to‘siqlari bo‘lmaganini bildirgan. Ularning aytishicha, hudud ochiq bo‘lib, xavfsizlik choralari yetarli darajada ta’minlanmagan. Hodisa joyiga prokuratura va tezkor-tergov guruhi yetib kelgan. O‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Shuningdek, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
