Yangiliklar/Jamiyat

Yangihayotdagi sanoat obyektida yongʻin sodir boʻldi

Jamiyat 19 may, 16:41
Yangihayotdagi sanoat obyektida yongʻin sodir boʻldi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in Yangihayot ko‘chasida joylashgan polizol ishlab chiqarish sexida yuzaga kelgan. Yong‘in haqida xabar soat 15:01 da kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari 15:05 da yetib kelgan. Tezkor choralar natijasida yong‘in 15:14 da qurshab olingan va 15:22 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda mutaxassislar yong‘in sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.

1,0050

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→