Yangiliklar/Siyosat

Shartli ozod qilinganlar muntazam ro‘yxatdan o‘tadi va qoidani buzsa, ozodlik bekor qilinadi

Siyosat 19 may, 14:14
Shartli ozod qilinganlar muntazam ro‘yxatdan o‘tadi va qoidani buzsa, ozodlik bekor qilinadi

Oliy Majlis Senati shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi.

Endilikda ular vaqti-vaqti bilan vakolatli organlarga borib ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘ladi.

Shartli ozod qilishni bekor qilish masalalari yashash joyidagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shaxs yoki uning advokati sudga murojaat qilib, yuklatilgan majburiyatlarni bekor qilishni so‘rashi mumkin.

Qonun nazorat mexanizmlari, majburiyatlar va ularni bekor qilish tartibini belgilaydi.

Shuningdek, qamoq sharoitlariga o‘zgartirishlar kiritildi:

  • bayram va dam olish kunlari kamida ikki soat sayr;
  • qo‘shimcha kiyim va poyabzal olish mumkin;
  • oziq-ovqat va zarur buyumlar uchun limit bir minimal ish haqigacha oshiriladi.
6570

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→