Bugun Oʻzbekistonda yomgʻir, momaqaldiroq va kuchli shamol kutilmoqda

Seshanba kuni O‘zbekistonda beqaror ob-havo saqlanib qoladi — yomg‘irlar, ayrim joylarda kuchli yog‘inlar va momaqaldiroq kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida esa shamol tezligi 20–22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Havo harorati +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 3–8 m/s bo‘ladi, ba’zan 12–14 m/s gacha kuchayadi. Harorat +25…+27 daraja.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yog‘inlar va momaqaldiroq kutilmoqda. Sel-pavodka hodisalari xavfi mavjud. Shamol tezligi 7–12 m/s, ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Harorat +15…+20 daraja.
Avvalgi kunda kuchli shamol ayrim hududlarda daraxtlar qulashiga, uy tomlari va inshootlarga zarar yetishiga sabab bo‘ldi.
Termiz shahrida chang tufayli havo ifloslanishi kuchaydi. Ba’zi viloyatlarda kuchli yomg‘irlar daryo va soylar sathining ko‘tarilishiga olib keldi.
Jizzax viloyatida esa diametri 10–15 mm gacha bo‘lgan yirik do‘l yog‘di.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
