Shavkat Mirziyoyev yetakchilar sammitida nimalar haqida gapirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Boku shahrida o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasi doirasidagi Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi.
Davlat rahbari forumni tashkil etgani uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Qorabog‘ hududlarida amalga oshirilayotgan tiklanish ishlari qayd etildi. O‘zbekiston ushbu jarayonlarda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.
Nutqda urbanizatsiya masalalarining dolzarbligi alohida ta’kidlandi. Kutilishicha, XXI asr o‘rtalariga borib dunyo aholisining 70 foizi shaharlarda yashaydi. Hozirning o‘zida esa qariyb 3 mlrd inson yetarli yashash sharoitiga ega emas.
Urbanizatsiya jarayonlari global barqarorlikka ta’sir qilmoqda. Iqlim o‘zgarishi, migratsiya va iqtisodiy inqirozlar shaharlar zimmasidagi yukni oshirmoqda.
O‘zbekiston uchun bu yo‘nalish strategik ahamiyatga ega. Kelgusi 15 yilda aholi soni 38 mln dan 50 mln nafargacha oshadi, urbanizatsiya darajasi esa 65 foizga yetadi.
So‘nggi 10 yilda uy-joy qurilishi 10 barobar oshib, 2025-yilda 238 ming xonadonga yetdi. 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkich yana 1,5 barobar oshiriladi. Har yili arzon uy-joy dasturlariga qariyb $2 mlrd mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
2024-yilda norasmiy turar joylarni legallashtirish bo‘yicha qonun qabul qilinib, 100 mingga yaqin uyga hujjatlar rasmiylashtirildi.
“Yangi Toshkent” loyihasi asosiy urbanizatsiya tashabbusi sifatida qayd etildi. 2 mln aholiga mo‘ljallangan mazkur loyiha doirasida “aqlli”, “yashil” va “15 daqiqalik shahar” konsepsiyalari joriy etilmoqda. Loyihaning birinchi bosqichida $25 mlrd dan ortiq investitsiyalar jalb qilingan.
Prezident tomonidan quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
- muvozanatli urbanizatsiya tamoyilini joriy etish;
- “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tashkil etish;
- Samarqandda uy-joy moliyalashtirish forumini o‘tkazish;
- “Yashil shahar” xalqaro mukofotini ta’sis etish;
- 2030-yilda forumning 15-sessiyasini Yangi Toshkentda o‘tkazish.
Nutq yakunida prezident forum samarali natijalar berishiga ishonch bildirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
