Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda 900 dan ortiq yoʻl harakati qoidalari buzilgan Matiz topildi

Jamiyat 16 may, 18:03
Toshkentda 900 dan ortiq yoʻl harakati qoidalari buzilgan Matiz topildi

Toshkentda haydovchisi tomonidan 900 dan ortiq yoʻl harakati qoidalarini buzgan Matiz rusumli avtomashina aniqlandi.

Avtomobil haydovchisi 2024-yil aprel oyidan boshlab muntazam ravishda yoʻl harakati qoidalarini buzgan. Bu vaqt ichida unga nisbatan 912 ta ma’muriy qaror chiqarilgan. Jarimalarning umumiy summasi 311 million soʻmdan oshgan.

Qayd etilishicha, haydovchi yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib, jarimalarni to‘lashga shoshilmagan. Natijada qarzdorlik yillar davomida ortib borgan va avtomobil qidiruvga berilgan.

Avtomobil 15 may kuni aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

MIB ma’lumotiga ko‘ra, qayd etilgan qoidabuzarliklar soni bo‘yicha ushbu holat hozircha “rekord” hisoblanadi.

4830

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→