Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida sun’iy intellekt, logistika va xavfsizlik boʻyicha loyihalarni taklif qildi

Siyosat 16 may, 12:20
Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida sun’iy intellekt, logistika va xavfsizlik boʻyicha loyihalarni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tgan Turk davlatlari tashkiloti (TDT)ning norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Prezident uchrashuv Qurbon hayiti arafasida o‘tayotganini qayd etib, Turkiston shahrining turkiy xalqlar tarixidagi o‘rni va ma’naviy ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Davlat rahbari global keskinlik kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda turk davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladi.

Mirziyoyevga ko‘ra, tashkilot iqtisodiy salohiyati 2,4 trillion dollardan ortib, barqaror o‘sishni namoyish etmoqda.

Sammitda asosiy e’tibor sun’iy intellekt va raqamli rivojlanishga qaratildi. Prezident ilmiy merosga tayanib, zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

Taklif etilgan asosiy tashabbuslar:

  • sun’iy intellekt bo‘yicha hamkorlik tarmog‘i;
  • “Raqamli turk koridori” loyihasi;
  • Toshkentda texnologik forum;
  • qo‘shma venchur fond;
  • turk kiberxavfsizlik alyansi.

Shuningdek, yoshlar siyosati, transport infratuzilmasi va logistika tizimlarini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ekologiya yo‘nalishida iqlim monitoringi tizimini yaratish va 2027- yilni “Tabiatni muhofaza qilish yili” deb e’lon qilish taklif qilindi.

Yakunda xavfsizlik masalalarida hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

5480

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→