O‘zbekistonlik ayol Epshteyn ishi bo‘yicha tinglovlarda chiqish qildi

Dunyo 15 may, 17:33
O‘zbekistonlik ayol Epshteyn ishi bo‘yicha tinglovlarda chiqish qildi

O‘zbekistonlik ayol, o‘zini Roza deb tanishtirgan shaxs, AQShning Florida shtatida bo‘lib o‘tgan Jefri Epshteyn ishi bo‘yicha tinglovlarda chiqish qildi. Bu uning ushbu voqea yuzasidan ilk ommaviy bayonoti bo‘ldi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u 2008-yilda model agenti Jan-Lyuk Bryunel tomonidan O‘zbekistonda ish va’da qilinib, model biznesiga jalb etilgan. Keyinchalik AQShga borgach, Epshteyn atrofidagi muhitga tushib qolgan.

Roza Nyu-Yorkka ish vizasi bilan kelgach, Florida shtatidagi ilmiy fondda ishlash taklifi berilganini aytdi. Biroq uning ta’kidlashicha, bu faoliyat aslida boshqa maqsadlarni yashirish uchun ishlatilgan va u zo‘ravonlikka duch kelgan.

Uning bayonotiga ko‘ra, bu holatlar 2012-yilgacha davom etgan. O‘sha davrda Epshteyn uy qamog‘ida bo‘lib, kunning katta qismini tashqarida o‘tkazishga ruxsatga ega edi. Ayol o‘zining ekspluatatsiya tizimiga jalb etilganini bildirgan.

Shuningdek, u AQSh adliya tizimini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ochiqlangan hujjatlarda uning shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilgan, biroq ehtimoliy boshqa ishtirokchilar haqida ma’lumotlar yopiq qolgan. U hanuzgacha bosim va xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlarni his qilayotganini qayd etdi.

Tinglovlarda boshqa jabrlanganlar ham chiqish qildi. Jumladan, Mariya Farmer 1996-yilda ham Epshteynning harakatlari haqida xabar berishga uringanini ma’lum qildi.

Jefri Epshteyn 2019-yilda odam savdosi bilan bog‘liq ayblovlar bilan qo‘lga olingan, biroq sud boshlanishidan oldin qamoqxonada vafot etgan.

4530

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→