Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga joʻnab ketdi

Siyosat 15 may, 10:55
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Qozogʻistonga joʻnab ketdi.

Liderlar uchrashuvi “Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusida oʻtkaziladi. Sammit kun tartibiga savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikasiya va ekologiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari kiritilgan.

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, sun’iy intellektni iqtisodiyotning turli tarmoqlari va davlat boshqaruvida amaliy qoʻllashga alohida e’tibor qaratiladi.

4250

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→