Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentdagi koʻchalardan biri tungi vaqtda yopiladi

Jamiyat 13 may, 22:59
Toshkentdagi koʻchalardan biri tungi vaqtda yopiladi

Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari tarmogʻining uchastkalaridan birida transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Yoʻl harakatini boshqarish markazidan ma’lum qilishlaricha, mutaxassislar T.Malik va Hamroyev koʻchalari chorrahasida yuqori voltli kabel yotqizish ishlarini olib boradi.

Shu munosabat bilan, 13-may soat 23:00 dan 14 may kuni soat 06:00 ga qadar T.Malik koʻchasining Doʻrmon yoʻli koʻchasigacha boʻlgan qismida transport harakati butunlay toʻsib qoʻyiladi.

Haydovchilardan yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

5820

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→