Toshkentda bankdan 500 ming dollar oʻgʻirlangani fosh etildi

Toshkent shahrida tijorat bankidagi 500 ming AQSh dollariga teng omonat mablag‘ining o‘zlashtirilgani aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning ma’lum qilishicha, tergovga qadar olib borilgan tergov harakatlari davomida bank mansabdor shaxslari soxta bank hujjatlarini berish yoʻli bilan fuqaro I.M.ning omonatini qonunga xilof ravishda egallab olganligi aniqlangan.
Tergov ushbu mablag‘lar xizmat mavqeidan foydalanilgan holda o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur harakatlar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) bo‘yicha malakalanmoqda.
Hozirda ish doirasida barcha ishtirokchilar va jinoyat mexanizmini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda. Mas’ul organlar barcha aybdor shaxslarga huquqiy baho berilishini bildirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
