Soliq qoʻmitasi tadbirkorlarning plastik kartasidagi oʻtkazmalarini tekshiradi

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi bank kartalari o‘rtasidagi (P2P) o‘tkazmalar hajmi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni tushuntirish berish uchun chaqirmoqda. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar davomida savdo faoliyatidan tushgan daromadlar ayrim hollarda bank kartalariga kelib tushib, soliq hisobotida aks ettirilmagani aniqlangan. Bu esa byudjet tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda.
Shu munosabat bilan soliq organlari yuridik shaxslar rahbarlari va xodimlarining kartalariga tushayotgan mablag‘larni tahlil qilmoqda. Aniqlangan holatlarda tadbirkorlarga izoh berish uchun bildirishnomalar yuboriladi.
Qo‘mitada ta’kidlanishicha, bu choralar jazolash uchun emas, balki yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va halol raqobatni ta’minlashga qaratilgan.
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni barcha daromadlarni to‘liq rasmiylashtirish va soliq hisobotida aks ettirishga chaqirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
