Tayland vizasiz muddatni qisqartirmoqchi

Tayland hukumati mamlakatga kirayotgan xorijliklar ustidan mamlakatda qolish nazoratni kuchaytirish va vizasiz kirish shartlarini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Xususan, vizasiz bo‘lish muddati 30 kungacha qisqartirilishi mumkin. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sixasak Pxuangketkeu ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi 60 kunlik vizasiz tartib (yana 30 kunga uzaytirish imkoniyati bilan) haddan tashqari keng imkoniyat yaratmoqda va ba’zi shaxslar tomonidan noto‘g‘ri maqsadlarda ishlatilmoqda.
“Biz hech kimni millati bo‘yicha ajratmaymiz. Biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan nojo‘ya faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan qat’iy bo‘lishimiz kerak”, — dedi vazir.
Shuningdek, u so‘nggi bir necha oy davomida vizaviy siyosat o‘rganilayotganini va endilikda chegara nazorati kuchaytirilishini qo‘shimcha qildi. Xususan, mamlakatga kirayotganlarning haqiqiy maqsadi berilgan vizaga mos kelishi sinchiklab tekshiriladi.
Nazorat choralarining kuchaytirilishi kirish jarayoniga ham ta’sir qiladi — immigratsiya xizmati xodimlari hujjatlar va sayohat rejalarini yanada puxta o‘rganadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil iyul oyida Tayland O‘zbekiston va yana 92 davlat fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz rejim joriy qilgan edi. Yangi o‘zgarishlar o‘zbekistonlik sayyohlar uchun ham ahamiyatli bo‘lishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
