Sinoptiklar +35 darajagacha keskin isish haqida ogohlantirdi

Bu hafta Oʻzbekistonda asosan quruq va iliq ob-havo kutilmoqda.
12-may, seshanba kuni mamlakatning aksariyat hududlarida biroz bulutli ob-havo saqlanib, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Fargʻona vodiysining ayrim hududlarida va togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati kunduzi +25...+28 daraja, janubiy va choʻl hududlarida esa 30...+33 darajagacha issiq boʻladi.
Chorshanba kunidan boshlab ob-havo barqarorlashadi: butun respublika hududida yogʻingarchilik toʻxtaydi. Harorat foni asta-sekin koʻtarila boshlaydi. Sinoptiklarning xabar berishicha, 15-mayga qadar havo kunduzi +32...+35 darajagacha, janubiy va choʻl hududlarida esa +36...+38 darajagacha isishi mumkin.
Shimoliy hududlar va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Chang-to‘zonli shamol bo‘lish ehtimoli bor.
Poytaxtda ham quruq ob-havo kutilmoqda. Toshkent shahrida 12-may kuni havo harorati +25...+27 daraja, 13-maydan 15-maygacha boʻlgan davrda havo +32...+34 darajagacha qiziydi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
