Rossiya sulhdan keyin 200 dan ortiq dron bilan zarba berdi

12-may boshlanishi bilan Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi uch kunlik sulh tugadi. Shundan so‘ng Rossiya Ukrainaning turli hududlariga yana havo zarbalarini boshladi.
Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, tungi hujumlar Kiyev shahri va viloyati, shuningdek Dnepr va Jitomir shaharlarini qamrab olgan. Hujumlar oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, olti kishi jarohat olgan.
Uch kun davom etgan sulh davrida tomonlar bir-birini rejimni buzishda aybladi, biroq keng ko‘lamli hujumlar kuzatilmadi — bu holatni har ikki tomon ham tan olgan.
Ukraina prezidenti Zelenskiyga ko‘ra, otashkesimni yakunlash tashabbusi Rossiya tomonidan qabul qilingan.
“Rossiya hatto qisman sukunatni ham tugatishni o‘zi tanladi. Tunda 200 dan ortiq dron uchirildi, o‘nlab aviazarbalar berildi. Jarohatlanganlar va, afsuski, halok bo‘lganlar bor”, — dedi u.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga esa Kiyev sulhni 11-maydan keyin ham davom ettirishni taklif qilganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning o‘rniga Rossiya fuqarolik infratuzilmasiga zarbalarni kuchaytirgan.
“Zarbalar tinch obyektlarga, jumladan bolalar bog‘chasiga berildi. Oqibatda odamlar jabrlangan”, — dedi u.
“Ukrenergo” kompaniyasi xabariga ko‘ra, hujumlar sabab Donetsk, Xarkiv, Sumsk, Chernihiv va Nikolayev viloyatlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
