Mamlakatda davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratiya kamayadi

Tashabbus doirasida 550 ta davlat xizmati elektron shaklga o‘tkaziladi, ularni olish bosqichlari esa ikki barobarga qisqartiriladi. Yana qariyb 80 ta xizmat proaktiv va kompozit shaklga o‘tkazilib, fuqarolardan alohida murojaat talab etilmaydi.
Chora-tadbirlarning alohida qismi xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirishga qaratilgan: 80 ta xizmat bo‘yicha muddatlar o‘rtacha 13 kundan 6 kungacha tushiriladi. 10 ta xizmatni to‘liq avtomatlashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, 25 turdagi xizmat narxini pasaytirish hisobiga aholining yiliga 851 mlrd so‘mgacha mablag‘ini tejash imkoniyati yaratiladi.
Islohot davlat va biznes o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir qiladi. Ayrim funksiyalar xususiy sektorga o‘tkaziladi, 15 turdagi hujjat va ma’lumotnomalar raqamlashtiriladi. Natijada 270 dan ortiq xizmatda ma’lumotlarni qayta-qayta taqdim etish zarurati yo‘q qilinadi.
Shu bilan birga, me’yoriy talablar ham qayta ko‘rib chiqilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim hujjatlarda 500 dan ortiq tarqoq talab mavjud. Ularni tizimlashtirish orqali ortiqcha talablarning kamida 30 foizini qisqartirish mumkin.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, byurokratiyani qisqartirish sezilarli iqtisodiy samara beradi. Aholining yillik tejalishi 900 mlrd so‘mgacha yetishi mumkin, jumladan transport xarajatlari ham kamayadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy samara yiliga $1,5 mlrd deb baholanmoqda.
Bundan tashqari, islohotlar xorijiy investitsiyalar oqimini yiliga $800 mlngacha oshirishi va mehnat unumdorligini qariyb $750 mln ga ko‘paytirishi kutilmoqda. Umuman, 2026–2030 yillarda iqtisodiyotga qo‘shimcha $13 mlrd o‘sish ta’minlanishi mumkin.
Prezident davlat xizmatlari samaradorligi fuqarolar hayot sifati va investitsiya muhitiga bevosita ta’sir qilishini ta’kidlab, vazirlik va idoralarga raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
