“O‘zbektsirk”ni keng ko‘lamli rekonstruksiya kutmoqda

Toshkentda “Oʻzbeksirk” davlat sirki binosini kompleks rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Madaniyat vazirligida loyiha muhokamasi boʻlib oʻtdi, unda asosiy e’tibor nafaqat binoni kapital ta’mirlash, balki infratuzilma va mehnat sharoitlarini sifatli yangilashga ham qaratildi.
Jumladan, hayvonlar uchun qoʻshimcha binolar qurish rejalashtirilgan – zamonaviy toʻsiqlar va parvarishning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda jihozlanadi.
Shuningdek, sirk artistlari va xodimlari uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. Maosh va moddiy rag‘batlantirish tizimini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Yig‘ilish Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov raisligida o‘tkazildi. Unda Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Muhokama yakunida loyiha ijrosini ta’minlash uchun maxsus ishchi guruh tuzish qarori qabul qilindi. U rekonstruksiyadan tortib, yangi standartlarni joriy etishgacha bo‘lgan jarayonlarni boshqaradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
