Hantavirusga qarshi yangi vaksina ustida ish boshlandi

Dunyo 11 may, 22:46
Hantavirusga qarshi yangi vaksina ustida ish boshlandi

AQSH va Janubiy Afrika Respublikasidan bo‘lgan olimlardan iborat xalqaro guruh hantavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish ishlarini boshladi.

Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, loyihada vaksina saqlashning yangi — «silikatsiya» texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Bu usul preparatni harorat o‘zgarishlariga chidamli qiladi va uni maxsus sovutish sharoitlarisiz saqlash imkonini beradi.

Shu bilan birga, ekspertlar yirik epidemiya yuzaga kelish ehtimolini past deb baholamoqda.

Avvalroq Argentinadan Kabo-Verdega yo‘nalgan «MV Hondius» kruiz kemasida hantavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgani xabar qilingan edi. Ayrim yo‘lovchilar kasallangani va o‘lim holatlari kuzatilgani aytilgan, karantin choralari joriy etilmasidan oldin esa ba’zilari evakuatsiya qilingan.

Ma’lumot uchun, hantavirus asosan kemiruvchilar orqali insonga yuqadi. Kasallik belgilari ko‘p hollarda grippga o‘xshaydi — yuqori harorat, holsizlik, mushak og‘riqlari va ko‘ngil aynishi kabi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi.

3340

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→