Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvadagi paradga bormaydi

Siyosat 8 may, 16:30
Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvadagi paradga bormaydi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradida ishtirok etmaydi.

Manbalarga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ham bu yil Rossiya poytaxtiga borishni rejalashtirmagan. Kreml e’lon qilgan taklif etilgan xorijiy yetakchilar roʻyxatida mintaqa davlatlari prezidentlari yoʻq.

2026-yilgi parad qisqartirilgan formatda o‘tkazilishi kutilmoqda. Xususan, unda harbiy texnika namoyishi bo‘lmaydi. Rossiya rasmiylari buni xavfsizlik omillari va joriy operativ vaziyat bilan izohlagan.

Shuningdek, dron hujumlari fonida Moskvada xavfsizlik choralari kuchaytirilgani, mobil internet va aloqa vaqtincha cheklanishi mumkinligi aytilmoqda.

Markaziy Osiyo yetakchilarining bu yilgi tadbirlarda qatnashmasligi so‘nggi yillardagi paradlardan muhim farqlardan biri bo‘ladi. Avvalgi yillarda ular muntazam ravishda ishtirok etib kelgan.

Shu bilan birga, mintaqa davlatlarida 9-mayga bag‘ishlangan milliy xotira tadbirlari o‘tkaziladi.

4030

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→