Instagram millionlab obunachilarni o‘chirdi

Instagram platformasi so‘nggi yillardagi eng yirik «tozalash» jarayonlaridan birini boshladi. 6-maydan boshlab botlar, nofaol va spam akkauntlar ommaviy ravishda o‘chirila boshlandi.
6–7-may kunlari millionlab «o‘lik» akkauntlar o‘chirildi. Bu jarayon oddiy foydalanuvchilar, brendlar va jahon mashhurlariga ta’sir ko‘rsatdi. Internetda bu hodisa «Great Purge of 2026» deb atalmoqda.
8-may holatiga ko‘ra:
Kayli Jenner — 14–15 mln obunachini yo‘qotdi;
Krishtiano Ronaldu — 7–18 mln gacha (u hanuz ~666 mln bilan eng mashhur akkaunt);
Blackpink — taxminan 10 mln.
Selena Gomes, Ariana Grande va Lionel Messi ham sezilarli yo‘qotishlarga uchradi.
Oddiy akkauntlar o‘rtacha 2–5 foiz auditoriyani yo‘qotdi. «Nakrutka» qilgan foydalanuvchilarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Meta bu chorani platformani «tozalash» va ma’lumotlar aniqligini oshirish, algoritmlarning adolatli ishlashini ta’minlash bilan izohlamoqda.
Jarayon davom etmoqda va yaqin kunlarda yana o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
