Indoneziyada vulqon otilishi: qurbonlar bor

Indoneziyada Dukono vulqonining toʻsatdan otilishi natijasida ikki sayyoh halok boʻldi, yana 20 ga yaqin odam chiqa olmay, qutqaruvchilardan yordam kutmoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Voqea Shimoliy Maluku provinsiyasidagi Xalmaxera orolida sodir bo‘lgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hududda to‘qqiz nafar Singapur fuqarosi va 11 nafar indoneziyalik qolib ketgan.
Holat yuzasidan Shimoliy Xalmaxera politsiyasi rahbari Erlixson Pasarib ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar xorijiy sayyohlar bo‘lib, ular Xitoy va Singapur fuqarolari bo‘lishi mumkin. Ularning shaxsi aniqlashtirilmoqda.
Qutqaruv ishlariga o‘nlab qutqaruvchilar va huquq-tartibot xodimlari jalb etilgan. Vulqon faolligi sabab operatsiya murakkab sharoitda olib borilmoqda.
Indoneziya vulkanologiya markazi (PVMBG) ma’lumotiga ko‘ra, otilish 8-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:41 da sodir bo‘lgan. Kul ustuni kraterdan taxminan 10 ming metr balandlikka ko‘tarilib, dengiz sathidan 11 ming metrdan oshgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
