Yangiliklar/Jamiyat

40 yoshdan keyin turmush qurayotganlar ko‘paydi

Jamiyat 8 may, 16:50
40 yoshdan keyin turmush qurayotganlar ko‘paydi

O‘zbekistonda katta yoshda tuzilayotgan nikohlar soni ortib bormoqda. 2026-yilning birinchi choragida FHDY organlarida jami 42,3 mingta nikoh qayd etildi.

Nikohlarning asosiy qismi hanuz 30 yoshgacha bo‘lgan ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Deyarli 15 mingtasi 20 yoshgacha, 22 mingdan ortig‘i 20–30 yosh oralig‘ida tuzilgan. 31–40 yoshdagi ayollar esa qariyb 3,7 ming nikoh qayd etgan.

Shu bilan birga, kech nikohlar ulushi ham sezilarli darajada oshmoqda. Yil boshidan buyon 1,2 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin turmush qurgan.

Shu bilan birga, erta nikoh muammosi dolzarbligicha qolmoqda — 2025 yilda 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga chiqqan.

4510

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→