Makkaga kirish cheklangan: 2026-yilgi Haj yangi qoidalar boʻyicha qanday oʻtmoqda

Dunyo 6 may, 14:39
Makkaga kirish cheklangan: 2026-yilgi Haj yangi qoidalar boʻyicha qanday oʻtmoqda

Haj-2026 Saudiya Arabistoni tomonidan misli ko‘rilmagan qat’iy choralar ostida o‘tkazilmoqda. Rasmiylar xavfsizlikni ta’minlash va tartibsiz ziyoratlarni oldini olish maqsadida keng ko‘lamli cheklovlar joriy etdi.

Asosiy yangilik — Makka shahrining deyarli to‘liq yopilishi. 18-apreldan haj vizasidan boshqa barcha vizalar egalari uchun Makka hududiga kirish va qolish taqiqlanadi. Shu bilan birga, umraga ruxsat berish vaqtincha to‘xtatilgan.

Nusuk raqamli tizimi markaziy rol o‘ynamoqda. U orqali ziyoratchilar shaxsini tasdiqlaydi va xizmatlardan foydalanadi. Ilovasiz Masjid al-Haromga kirish, transport va tibbiy xizmatlar foydalanish mavjud emas.

Tibbiy talablar ham keskin kuchaytirildi. Ziyoratchilar meningitga qarshi emlangan bo‘lishi va kuniga 25 km yurishga qodirligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Og‘ir yurak, buyrak, o‘pka kasalliklari, faol sil va nevrologik kasalliklari bor shaxslar hajga qo‘yilmaydi. Homiladorlikning oxirgi bosqichidagi ayollar ham qatnasha olmaydi.

Ta’qiqlangan buyumlar ro‘yxati ham kengaytirildi. Qurol, giyohvand moddalar, alkogol, tamaki mahsulotlari, tez buziluvchi oziq-ovqat va ruxsatsiz dorilarni olib kirish mumkin emas. Ihram holatida esa qo‘shimcha diniy cheklovlar amal qiladi.

Qoidalarni buzganlarga katta jarimalar qo‘llanadi. Ruxsatsiz kirish uchun 20 ming riyalgacha (taxminan $5 ming), noqonuniy yordam uchun esa 100 ming riyalgacha ($26,5 ming) jarima belgilanadi. Qoidabuzarlar deportatsiya qilinadi va 10 yilgacha kirish taqiqlanadi.

3900

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→