Yulduz Usmonovaning AQShdagi konserti bekor qilindi

AQSHda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning rejalashtirilgan konserti atrofida jamoatchilik muhokamasi yuzaga keldi. Xonandaning 9-may kuni Nyu‑York shahrining Brayton-Bich hududida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan chiqishiga ayrim jamoatchilik vakillari tomonidan qarshilik bildirildi.
E’tirozlarga sabab sifatida xonandaning 2021-yilda Isroil–Falastin mojarosi bo‘yicha bergan bayonotlari ko‘rsatilmoqda. O‘sha paytda Yulduz Usmonova bir necha videomurojaatlar orqali Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ushbu fikrlar ayrim yahudiy jamoatchiligi vakillari tomonidan tanqid ostiga olingan.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu‑Yorkda konsertga qarshi kampaniya boshlangan bo‘lib, unda ayrim amerikalik siyosatchilar ham ishtirok etgan. Xususan, Nassau okrugi rahbari va Nyu‑York shtati gubernatorligiga nomzod Bryus Bleykman, shuningdek, shtat assambleyasi deputatlari Maykl Novaxov va Alek Bruk‑Krasniy mazkur masala bo‘yicha chiqish qilgan.
Bryus Bleykman so‘zlariga ko‘ra, xonandaga ilgari bildirgan fikrlaridan voz kechish va jamoatchilik oldida uzr so‘rash taklifi berilgan. Biroq u buni rad etgan. Shundan so‘ng siyosatchi federal idoralarga murojaat qilib, xonandaning AQSHga kirish masalasini qayta ko‘rib chiqishni so‘raganini bildirgan.
Faollar ta’kidlashicha, konsertning 9-may sanasiga rejalashtirilgani ham vaziyatni yanada keskinlashtirgan. Ularning fikricha, mazkur sana Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alaba bilan bog‘liq bo‘lgani bois alohida ramziy ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, Yulduz Usmonovaning vakili xonanda o‘z pozitsiyasidan voz kechmasligini va faol faollar talabi bilan uzr so‘ramasligini ta’kidladi.
Konsertni qoldirish yoki bekor qilish bo‘yicha rasmiy qarorlar hozircha e’lon qilinmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
