Maktablarda davomat smart-kameralar yordamida nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari davomatini “aqlli” kameralar orqali aniqlashga doir xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur masalaga munosabat bildirdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “aqlli” kameralar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim maktablarda sinov tariqasida o‘rnatilmoqda. Mazkur tizim maktab ma’muriyatiga o‘quvchilar davomatini yanada samarali nazorat qilishda ko‘maklashadi.
Qayd etilishicha, ushbu yechim nafaqat pedagoglar, balki ota-onalarga ham farzandlarining darslarga qatnashishini onlayn kuzatish va ularning xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimining 2025-yil 29-avgustdagi qarori bilan poytaxtdagi barcha umumta’lim maktablarining 10–11-sinf xonalariga maxsus kameralar o‘rnatish hamda Smart School elektron tizimini joriy etish taklifi ma’qullangan edi. Mazkur loyiha yuqori sinf o‘quvchilarining davomatini, fanlarga qiziqishini va ta’lim sifatini nazorat qilishga qaratilgan.
Vazirlikning ta’kidlashicha, amaldagi tartibga ko‘ra, maktab o‘quvchilari davomatini fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlari har kuni “e-maktab” platformasi orqali belgilab boradi. Ushbu tartib 2025-yil 18-sentabrda tasdiqlangan tegishli nizom bilan belgilangan.
Agar o‘quvchi sababsiz ravishda dars qoldirsa, maktabdagi inspektor-psixolog tomonidan ota-onalarga rasmiy ogohlantirish yuboriladi. Davomat bilan bog‘liq holatlar takrorlangan taqdirda, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi asosida javobgarlikka tortilishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
