Toshkent—Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi 3-maydan boshlanadi
Jamiyat 1 may, 15:38

Jaloliddin Manguberdi tezyurar poyezdi 3-maydan boshlab Toshkent—Xiva—Toshkent yo‘nalishida qatnovni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Yo‘l vaqti 7 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Bir yo‘nalish uchun chipta narxi — 780 ming so‘m.
Poyezd Toshkentdan seshanba, payshanba va shanba kunlari, Xivadan esa chorshanba, juma va yakshanba kunlari harakatlanadi.
Toshkent markaziy vokzalidan jo‘nash — 07:00, Xivaga yetib borish — 14:31. Xivadan qaytish — 07:20, Toshkentga yetib kelish — 14:51.
Ilk qatnov Toshkentdan 3 may, Xivadan 4 may kuni amalga oshiriladi.
2,3220
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
10·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
22·4 noyabr, 13:04

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
33·4 noyabr, 12:29

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
46·4 noyabr, 11:17

Tayland Özbekiston fuqarolari üchün 30 kungaça vizasiz rejim joriy etişni körib chiqmoqda
219·4 noyabr, 10:36