Yangiliklar/Ekologiya

Toshkentda Chirchiq daryosini oʻzlashtirish rejalari e’lon qilindi

Ekologiya 1 may, 15:54
Toshkentda Chirchiq daryosini oʻzlashtirish rejalari e’lon qilindi

Toshkent shahrida Chirchiq daryosining 16 kilometrli qismi bo‘ylab obodonlashtirish ishlari olib borilib, poytaxt tumanlarida 12 ta sun’iy ko‘l barpo etiladi.

Sohil zonasi loyihasi doirasida Chirchiq bo‘yida 306 gektar hudud tiklanadi va yashil maydonlar hamda sayr yo‘laklari yaratiladi. Bektemir kanali bo‘ylab esa 187 gektardan ortiq hudud obodonlashtiriladi, veloyo‘laklar va yoritish tizimlari quriladi.

Toshkent hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroilovning ta’kidlashicha, dastlab to‘rtta sun’iy ko‘l qurilishi rejalashtirilgan edi, biroq ularning soni 12 taga yetkazildi. Sun’iy ko‘llar dam olish maskanlari bilan birga tashkil etiladi.

3870

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→